13:03 / 06.03.2025
72

"Bavariya" o‘z maydonida, "Barselona", "Inter" va "Liverpul" safarda g‘alaba qozondi (video)

"Bavariya" o‘z maydonida, "Barselona", "Inter" va "Liverpul" safarda g‘alaba qozondi (video)
YECHL 1/8 final dastlabki o‘yinlar doirasidagi PSJ — "Liverpul", "Bavariya" — "Bayer" va "Benfika" — "Barselona" qarama-qarshiliklari bo‘lib o‘tdi.

UYEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk bellashuvida PSJ "Liverpul"ga alamli mag‘lubiyatga uchradi. Sababi, uchrashuvni ustunlik bilan o‘tkazgan parijliklar so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lub bo‘lishdi.

PSJ — Liverpul 0:1
Gol
: Elliot (87).
PSJ — Donnarumma, Markinos, Pacho, Hakimi, Mendesh, Vitinya, Ruis (Zair-Emeri, 78), Nevesh, Barkolya (Due, 66), Dembele, Kvaratsxeliya (Ramush, 78).
Liverpul — Alisson, Aleksander-Arnold, Konate, van Deyk, Robertson, Gravenberh (Endo, 79), Soboslai, Mak Allister, Dias (Jons, 67), Saloh (Elliot, 86), Jota (Nunes, 67).
Ogohlantirishlar: Markinos (38), van Deyk (70).

Bellashuvda qayd etilgan statistika bilan tanishing:
To‘pni nazorat qilish: 70 % - 30 %
Umumiy zarbalar: 27 – 2
Darvoza tomon aniq zarbalar: 10 – 1
Foydalanilmagan golli imkoniyatlar: 3 – 1
Bloklangan zarbalar: 9 – 0
Paslar: 694 – 295
Aniq paslar: 630 (91 %) – 220 (75 %)
Qoida buzilishlar: 3 – 7
Offsaydlar: 3 – 0
Burchak zarbalar: 14 – 2
Xg: 1.82 - 0.27
Bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida esa mersesaydliklar posboni Alisson Beker deb topildi.

Ma’lumot o‘rnida, javob bellashuvi 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Dastlabki bahsda "Bavariya" o‘z uyida "Bayer"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Keyn bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning 61-daqiqasida Musiala hisobni 2:0ga yetkazib qo‘ydi. To‘qnashuvning 75-daqiqasida esa angliyalik forvard penaltidan foydalanib, dubl qayd etdi.

Bavariya — Bayer 3:0
Gollar
: Keyn (9, 75 penalti), Musiala (54).
Bavariya — Noyer (Urbig, 58), Laymer (Stanishich, 68), Upamekano, Kim (Dayer, 89), Devis, Kimmix, Goretska (Palinya, 89), Olise, Musiala, Koman (Sane, 68), Keyn.
Bayer — Kovar, Ermoso, Ta, Inkapie, Mukiyele, Palasios, Jaka (Garsiya, 81), Grimaldo (Buendia, 87), Frimpong (Artur, 81), Virts (Shik, 81), Adli (Tapsoba, 68).
Ogohlantirishlar: Mukiyele (39), Laymer (39), Gortetska (51), Tapsoba (74), Ta (75).
Chetlatish: Mukiyele (62).

Ilk bellashuvda "Barselona" Lissabonda "Benfika" ustidan 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Birinchi bo‘limda ispaniyalik himoyachi hisoblangan Kubarsi qizil kartochka bilan jazolandi. Uchrashuvning 61-daqiqasida esa Rafinya o‘yindagi yagona golni kiritdi.

Benfika — Barselona 0:1
Gol
: Rafinya (61).
Benfika —Trubin, Araujo (Dal, 57), Silva, Otamendi, Fernandes, Ko‘kchu (Sanches, 84), Eurnsnes, Barreyro (Belotti, 70), Akturko‘g‘li, Shelderup (Rego, 70), Pavlidis (Kabral, 84).
Barselona — Shesni, Kunde, Kubarsi, Martines, Balde, De Yong (Kasado, 79), Pedri, Olmo, Rafinya, Yamal (Torres, 56), Levandovski (Martin, 79).
Ogohlantirishlar: Barreyro (45), Martines (45+2), Silva (45+5), Fernandes (73), Rego (90+1).
Chetlatish: Kubarsi (22).

Chempionlar ligasi pley-off bosqichining dastlabki bellashuvida "Inter" "Feyenord" ustidan 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Tyuram hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Martinesni hisobni 2 taga yetkazib qo‘ydi.

Feyenoord — Inter 0:2
Gollar
: Tyuram (38), Martines (50).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Zelinski (65).
Feyenoord — Vellenroyter, Mitchell, Belen, Hansko, Bueno, Moder, Smal, Payshao, Haj Musa, Usmon, Karranza (Ueda, 59).
Inter — Martines, Pavar, de Vrey (Bissek, 72), Acherbi, Bastoni, Dumfris, Barella (Frattezi, 72), Aslani (Chalxono‘g‘li, 81), Zelinski, Martines (Arnautovich, 81), Tyuram (Torimiy, 62).
Ogohlantirishlar: Mitchell (68), Vellenroyter (71), Bastoni (74), Usmon (76).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport