
Nihoyat, bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasiga start beriladi.
Bilasiz, bu yildan ligada klublari soni 16 ta oshirildi. Har bir turda esa 8 ta juftlik guvohi bo‘lamiz. Biroq “Paxtakor”ning OCHLdagi ishtiroki sababli 1-turda “Mash’al”ga qarshi uchrashuvi boshqa kunga qoldirildi.
Shuning evaziga siz bilan biz ilk turda 7 ta qarama-qarshilikni kuzatamiz.
Sobiq futbolchi, hozirda O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan Kamoliddin Murzoyev chempionatimizning dastlabki turi oldidan jamoalarning imkoniyatlari borasida gapirdi.
7 mart.
19:30. OKMK – “Buxoro”
- Buxoroliklarni Superligaga qaytganidan keyingi dastlabki o‘yini. Birinchi tur baribir mavsumning boshi. Hammamizga yod bo‘lgan ibora bilan boshlaymiz: deyarli kuchlar teng. O‘ylaymanki, favorit OKMK jamoasi bo‘ladi. “Buxoro” ham menimcha yetarli qarshilik ko‘rsata oladi. Ular Superligaga qaytganini ifodalash maqsadida yaxshi tayyorgarlik bilan chiqishadi.
8 mart.
17:45. “Qizilqum” – “Surxon”
- Kurashlarga boy o‘yin bo‘lishi kutiladi. Chunki “Qizilqum”da katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Yangi o‘yinchilar keldi. “Surxon” so‘nggi yillarda sermazmun o‘yinlari bilan ko‘pchilikka asta-sekinlik bilan yoqa boshlagan jamoa bo‘lmoqda. Asosan yosh futbolchilardan tarkib topgan jamoa. Agar foizlarda gapiradigan bo‘lsak, 50\50. Qayerdadir men “Surxon”ga imkoniyat bergan bo‘lardim.
19:30. “Qo‘qon-1912” – “Andijon”
- Vodiy derbilaridan biri. “Qo‘qon-1912” bu yil Superligaga qaytish qildi. Bu jamoaga birinchi tur qiyin bo‘ladi. Chunki “Andijon” o‘tgan yili ancha xarakter ko‘rsata olgan jamoa. O‘zbekiston Kubogini yutishga erishdi. O‘zaro umumiy hisobda kuchlar teng. Bir jamoaning ko‘proq imkoniyati to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, “Andijon”ni imkoniyatini biroz balandroq hisoblagan bo‘lardim.
20:00. “Bunyodkor” – “Neftchi”
- Bu ko‘p yillar davomidagi o‘ziga xos qarama-qarshilik. Bu yerda ham ayniqsa “Bunyodkor” o‘tgan yili ikkinchi davrada o‘z o‘yinini tiklab olganligini inobatga oladigan bo‘lsak, menimcha, turning markaziy uchrashuvlaridan biri bo‘ladi. “Neftchi” so‘nggi ikki yilda chempionatimizda o‘ziga xos transferlari bilan nom qozongan. Bu yil ular yanada kuchayish qilishgan. Kuchli, nomdor jamoalar. Shu nuqtayi nazardan juda qiziq o‘yin bo‘ladi. Menimcha, 50\50.
9 mart.
17:30. “Xorazm” – “Sho‘rtan”
- Juda qiziqari o‘yin bo‘ladi. Ikki pro liga vakillari Superligaga qaytishlarini bir-biriga qarshi uchrashuv bilan boshlaydilar. Umumiy, o‘zaro juftliklar borasida qarasak, boshqa raqiblarga nisbatan ikkala klub ham bir-biriga qulay raqiblar. Yaxshi o‘yin guvohi bo‘lamiz, degan umiddaman.
19:30. “Navbahor” – “Dinamo”
- “Navbahor”ni ham, “Dinamo”ni ham murabbiylarining o‘yin uslubidan kelib chiqadigan bo‘lsak, chiroyli o‘yin ko‘rishimiz kerak, deb o‘ylayman. Birinchi turda jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng bo‘ladi. Bu klublarni o‘yin uslubidan kelib chiqsak, o‘zlari ham futbol o‘ynashadi va raqibga ham o‘ynash imkonini beradilar. Agar maydon holati yaxshi bo‘lsa, muxlislar gollarga boy o‘yin ko‘rishadi, degan umiddaman. Bu ham turning markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblanadi.
20:00. “Nasaf” –“So‘g‘diyona”
- Bu ham o‘ziga xos derbiga aylanib boryapti. O‘tgan yili “So‘g‘diyona” “Nasaf”ga yetarlicha bosh og‘rig‘i bo‘la olgan. Bu yil ham shunday bo‘ladi. Ikkala jamoa murabbiyi o‘z jamoasini futbol o‘ynashini xohlaydigan, ambitsiyalarga ega bo‘lgan klublar. Bu yerda ham kuchlar teng. Bu o‘yin nazarimda gollarga boy bo‘lsa kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar