date
views 6 491

"Roma" Shomurodovning so‘nggi daqiqadagi goli bilan "Atletik"ni mag‘lub etdi: "Jallorossi" muxlislarining g‘alabaga reaktsiyasi

"Roma" Shomurodovning so‘nggi daqiqadagi goli bilan "Atletik"ni mag‘lub etdi: "Jallorossi" muxlislarining g‘alabaga reaktsiyasi
7-mart kuni Yevropa Ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida "Roma" o‘z maydonida "Atletik Bilbao"ni qabul qildi.

Birinchi bo‘lim golsiz yakunlandi. Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar Inyaki Uilyamsning aniq zarbasi bilan oldinga chiqib olishdi. Biroq 56-daqiqada Anjelino javob golini urdi va hisob tenglashdi.

O‘yinning eng dramatik lahzasi esa 90+3-daqiqada yuz berdi! Eldor Shomurodov o‘z jamoasi uchun g‘alaba golini urib, rimliklarga muhim ustunlikni taqdim etdi.

Natijada "Roma" "Atletik" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Yevropa Ligasi. 1/8 final. Ilk o‘yin
"Roma" – "Atletik Bilbao" – 2:1
Gollar: Anjelino (56), Shomurodov (90+3) – Uilyams (50).
Qizil kartochka: Alvares, 86 ("Atletik").

"Roma" muxlislari jamoaning g‘alabasini quyidagicha kutib olishdi:
Hanad Adam: "Tabriklayman, Rim! Raneri ajoyib ish qilyapti!"

Fabio Torre: "Sen g‘alabaga ishonding… Yashasin buyuk Eldor!!! Shu ruhda davom eting!"

La Voce Dei Romanisti: "Bunday stadionda yutmaslik mumkin emas. Ikkinchi o‘yin payshanba kuni, ko‘rishguncha!"

Alessio Passalalpi: "Sizdan aynan shunday o‘yinlar kutgan edik. Ajoyib ish!"

Fabio Belsano: "Tanaffusdan keyin Chelik tanqidga uchragan edi, lekin u olqishlarga loyiq o‘yin ko‘rsatdi!"

Gilberto Saccani: "Tabriklayman "Roma"! Entuziazm, ehtiros, bayroqlar va ranglarning uyg‘unligi – bularning barchasi ajoyib. Raneri va "Roma" muxlislari haqiqatan ham eng zo‘r!"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Roma" Shomurodovning so‘nggi daqiqadagi goli bilan "Atletik"ni mag‘lub etdi: "Jallorossi" muxlislarining g‘alabaga reaktsiyasi