23:22 / 07.03.2025
4 830

"Liverpul" Salahning o‘rnini bosadigan futbolchini tanladi

"Liverpul" Salahning o‘rnini bosadigan futbolchini tanladi
"Liverpul" klubi "Yuventus"ning yosh hujumkor yarim himoyachisi Kenan Yildizni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Angliyaliklar buning uchun yozgi transfer oynasida 80 mln yevro taklif qilishga tayyor, deb xabar bermoqda TuttoJuve nashri.

Manbalarga ko‘ra, "mersisaydliklar" 19 yoshli turk futbolchisini bu mavsumdan so‘ng jamoani tark etishi kutilgan Mohamed Salahning o‘rnida ko‘rmoqda. Biroq "Yuventus" Yildizni sotish uchun kamida 100 mln yevro talab qilmoqda.

Ushbu mavsumda Kenan Yildiz 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, bozor qiymati 45 mln yevroni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport