06:29 / 08.03.2025
11 784

Rimlik ishqibozlarning Shomurodov haqidagi fikrlari: Agar o‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!

Rimlik ishqibozlarning Shomurodov haqidagi fikrlari: Agar o‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!
Roma” muxlislari hamon bayramni davom ettirmoqda. Rimlik fanatlarga sevimli jamoalarining Yevropa Ligasida nimchorak final birinchi uchrashuvida kuchli raqib – “Atletik”ni yenggani juda ma’qul keldi.

Ayniqsa, jamoa oxirigacha kurashib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirgani, uchrashuvni bezagan g‘alaba to‘pi so‘nggi soniyada kiritilgani manzur keldi.

Rimlik futbol ishqibozlari o‘yin qahramoniga aylangan Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalari bilan ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirmoqda.

Talal Khogali:
Men har doim Shomurodovning zo‘r o‘yinchi ekaniga ishonganman. Rahmat senga Eldor!

Vittorio Sorrentino:
Eldorning so‘nggi soniyadagi golining qadri juda baland.

Father and Son Football:
Eldor uchun o‘ta muhim gol. Bu gol Bilbaodagi javob o‘yinidan oldin bizga ustunlik beradi.

Mirella Ddr Grieco:
Agar o‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!

Bryan Tristante:
Men har doim o‘zbek legioneriga ishonganman. Lekin ko‘pincha uning qadriga yetishmaydi.

Damiano Genovese:
Dovbik, gol urishni Shomurodovdan o‘rgan!

Edoardo Cervoni:
Eldor eng zo‘r, lekin eng qadrlanmagan futbolchi.

Fabio Torre:
Shomurodov g‘alabaga oxirigacha ishondi. Balli, Eldor! Shunday davom et.

Simone Alescio:
Bu goldan keyin Dovbikni zahiraga abadiy mixlash va faqat Eldorni o‘ynatish kerak. Dovbik, sen Shomurodovga qarab, ikkala oyoqda o‘ynay olsa, nimalar bo‘lishini ko‘r!

Hendry Ong:
Mana buni kambek desa bo‘ladi. Shomurodov kuchli jamoaga qarshi o‘yinda so‘nggi zarba bilan g‘alabani ta’minladi.

Mario Rugo:
Eldor hurmatga loyiq, u zo‘r jangchi.

Adriano Sconocchia:
Eldor Shomurodov va Zeki Chelik eng zo‘r o‘yinchilarga aylangan bo‘lsa, ularni o‘ynatib yuborgan Klaudio Raneri dunyodagi eng zo‘r murabbiy.

Manuel Thomas Shelby:
Shomurodov, avvalgi tanqidlar uchun uzr so‘rayman!

Luca Iaffaldano:
Eldor, sen e’tirof va ehtiromga loyiqsan.

Mario Negri:
Nega Shomurodovni har doim ham o‘ynatishmaydi. Dovbikdan yaxshi-ku...

Francesco Bottini:
Men hali ham Shomurodov Dovbikdan kuchli, deb bilaman. Eldor uchrashuvni boshidan oxirigacha o‘ynasin.

Dario Mignacca:
So‘nggi soniyadagi gol bilan Shomurodov bizga huzur bag‘ishladi.

Antonio Alfonsi:
Dovbikni boshqa maydonga ko‘rishni istamaymiz. Eldor o‘ynayversin.

Raul Cabadas Filho:
Janob Raneri, oldingi chiziqqa Shomurodovni uni ortidan, Salemakers va Dibalani o‘ynating.

Mahmoud Ali:
Eldor birgina noyob talant nimalar qila olishini ko‘rsatib qo‘ydi. Artyom Dovbik bir-ikki narsalarni Shomurodovdan o‘rganib olishi kerak. Balki Dovbik Eldordan kuchlidir, lekin o‘zbek futbolchisi har doim jangchi kabi borini berib, oxirigacha o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushib, beshta gol urdi hamda uchta assist qayd etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport