07:38 / 08.03.2025
1 466

Ronaldu 926-golini urdi va yana bir rekord o‘rnatdi

Ronaldu 926-golini urdi va yana bir rekord o‘rnatdi
8 mart kuni Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining 926-golini urdi. U Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Shabab»ga qarshi o‘yinda (2:2) gol urgan holda yana bir tarixiy natijaga erishdi.

Mazkur gol tufayli Ronaldu ajoyib statistik natijani qayd etdi – u 30 yoshgacha 463 ta va 30 yoshdan keyin ham xuddi shuncha, 463 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, afsonaviy futbolchi 40 yoshni roppa-rosa bir oy oldin qarshi olgan edi. Shunga qaramay, u faoliyatini yakunlash niyatida emas. Aksincha, yangi maqsadlar qo‘yib, ularga yetishish uchun harakat qilmoqda. Yaqinda u 1000 ta gol urmoqchi ekanini ma’lum qildi. Ushbu tarixiy marraga yetish uchun unga faqat 74 ta gol qoldi.

Manba: Sports24

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport