
Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Goal internet-nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilgi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
31 yoshli portulagiyalik 50 nafar eng yaxshi o‘yinchilar ro‘yxatida "Barselona" hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi. Messi esa 4-o‘ringa loyiq deb topildi. Argentinalik futbolchi mukofotga asos solingan 2008 yildan beri kuchli uchlik tashqarisida qolib kelmoqda. Ronaldu "Goal 50" mukofotini faoliyatida 4-marotaba olmoqda.
Ushbu ro‘yxatda 2-o‘rinni "Barsa" hujumchisi Luis Suares, 3-o‘rinni "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann egalladi. Kuchli beshlikka, shuningdek, "Real"ning yana bir hujumchisi Garet Beyl ham kiritildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar