11:09 / 09.03.2025
2 858

UFC 313 turniri. Jastin Getji va Rafael Fiziyev jangi butun arenani oyoqqa turg‘azdi

UFC 313 turniri. Jastin Getji va Rafael Fiziyev jangi butun arenani oyoqqa turg‘azdi
Amerikalik jangchi Jastin Getji Las-Vegasda (AQSH) UFC 313 turnirining asosiy jangida Ozarbayjon vakili Rafayel Fiziyevni mag‘lub etdi.

Uch raunddan so‘ng barcha hakamlar jangni 29-28 hisobida Getjiga berishdi.

Fiziyev qisqa vaqt ichida jarohat olgan yangi zelandiyalik Den Xuker o‘rniga jangga kirishdi. Getji va Fiziyev 2023 yil mart oyida UFC 286 turnirida uchrashishgan, jang to‘liq davom etgan, Getji hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan.

Getji aralash janglarda 26 g‘alaba va beshta mag‘lubiyatga uchradi. Fiziyev hisobida 12 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat bor.

UFC 313 ning asosiy jangida yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra rossiyalik Magomed Ankalayevga qarshi bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport