
Toshkent shahar Sergeli tumanidagi maktablarning birida erkak o‘qituvchi xonani qulflab, o‘quvchisiga tegajog‘lik qildi. Bu haqda shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4 mart kuni Sergeli tumanida joylashgan 322-maktab o‘qituvchisi E.P. 10-sinf o‘quvchisi R.F.ni huquq darsidan har xil bahonalar qilib xonasiga chaqirgan, eshikni qulflab, kel, bir quchoqlay, deb tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lgan.
Holat yuzasidan sudlanuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar