00:08 / 10.03.2025
77

"Manchester Yunayted" va "Arsenal" o‘rtasida ochkolar bo‘lindi

"Manchester Yunayted" va "Arsenal" o‘rtasida ochkolar bo‘lindi
Angliya Premyer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. "Old Trafford"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda dastlab 45+2-daqiqada Bruno Fernandesh hisobni ochdi. Ammo 74-daqiqada Deklan Raysning goli "Arsenal"ga bir ochko olib keldi.

Uchrashuvda "Arsenal" ustunlik qildi: 69% to‘pga egalik va 17 ta zarba. "MYu" esa 31% to‘pga egalik qilib, 10 ta zarba yo‘lladi. Bu natija orqali "Arsenal" 55 ochko bilan 2-o‘rinda qolmoqda, "Manchester Yunayted" esa 34 ochko bilan 14-o‘rinda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport