«Barselona» «Real» fanatlari uchun chiptalar narxini oshirdi

«Barselona» «Real» fanatlari uchun chiptalar narxini oshirdi
«Barselona» «Real» fanatlari uchun chiptalar narxini oshirdi

«Real» muxlislarini «Kamp Nou»da o‘tadigan navbatdagi El-Klassikoda chiptalar narxi oshganidan hafsalasi pir bo‘ldi.

«Real» fanatlari uchun 600 chipta ajratildi, ularning har biri 123 yevro turadi. Bundan tashqari, ajratilgan o‘rinlar juda balandda joylashgani uchun ham bu narx muxlislarga qimmat tuyulyapti. Vaholanki, o‘tgan mavsumda chiptalar 80 yevrodan sotilgan edi.

Bu voqea yuzasidan «Real» fanatlari La Liga rahbariyatigashikoyat xati bilan murojaat qilishdi.

«Bu holatdan norozimiz. Yuqori daromadga ega mamlakatlar aholisi ispaniyalik muxlislarga qaraganda ancha arzon narxda chipta olishadi. Misol uchun, Angliyada mehmon jamoa muxlislari uchun eng qimmat chipta 39 yevro turadi. Germaniyada esa bundan ham arzon» - deb yozilgan xatda.

«Real» muxlislari uchun «Atletiko»ga qarshi o‘yin chiptalarining ham narxi ko‘tarilgan. Endilikda, «Visente Kalderon»ga kirish uchun muxlislar 90-100 yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida, o‘tgan mavsumda «Atletiko» muxlislari ham «Santyago Bernabeu»ga kirish chiptalarini 70 yevro turishidan norozi bo‘lishgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar