"PSJ" birinchi taymda "Liverpul"dan ustun keldi!

"PSJ" birinchi taymda "Liverpul"dan ustun keldi!
UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida "Liverpul" va "PSJ" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuvning birinchi taymi yakuniga yetdi. Birinchi bo‘limda "PSJ" hisobda 0:1 oldinda ketmoqda.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Usmon Dembele gol urdi va parijliklarga ustunlikni ta’minladi. "Liverpul" birinchi taym davomida ustunlik qilgan bo‘lsa-da (54% to‘pga egalik), atigi 1 ta aniq zarba yo‘llay oldi. "PSJ" esa 4 ta aniq zarba bilan raqibdan ustunlik qilmoqda.

Ikkinchi taymda "Liverpul" hisobni tenglashtirishga harakat qiladimi yoki "PSJ" o‘z ustunligini saqlab qoladimi – bu savolga javob tez orada ma’lum bo‘ladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar