
Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida "Al-Hilol" birinchi taymni 2:0 hisobida o‘z foydasiga yakunladi. Saudiya klubi "Paxtakor"ga qarshi to‘liq ustunlik qilib, raqibini himoyada qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Hamad Al-Yami hisobni ochdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, 42-daqiqada Malkom jamoasining ikkinchi golini kiritdi. "Al-Hilol" statistika bo‘yicha ham ustunlik qilmoqda: 67% to‘pga egalik, 10 ta zarba va 86% aniq paslar. "Paxtakor" esa birinchi taymda faqat bitta zarba yo‘llay oldi va biror marta ham darvoza to‘riga aniq zarba bera olmadi.
Ikkinchi taymda "Paxtakor" hisobni qisqartirishga harakat qiladimi yoki "Al-Hilol" o‘z ustunligini mustahkamlaydimi – bu tez orada ma’lum bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar