
Parijliklar muxlislari nafasini ushlab turib tomosha qilgan o‘yin – “Liverpul” va PSJ o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi javob bahsi haqiqiy dramatik kecha bo‘ldi. Bu to‘qnashuvning asosiy qahramonlaridan biri esa, shubhasiz, PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma bo‘ldi!
Tanqidlarga javob va yuzdagi tabassum
Uchrashuvdan keyin Donnarumma Fransiya matbuotida unga nisbatan qilingan tanqidlarga javob qaytardi:
"Birinchi o‘yindan keyin Fransiyadagi ayrim jurnalistlardan ko‘p tanqid oldim. Ular darvozabon bo‘lish nimani anglatishini ham tushunmaydi. Lekin men bunday narsalarga ahamiyat bermayman – tabassum qilishda va PSJ uchun astoydil mehnat qilishda davom etaman. Bugun esa men juda baxtliman!" – dedi italiyalik posbon.
Penaltidan oldin nima ro‘y berdi?
Oydinlashtirish kerak bo‘lgan yana bir qiziq jihat – Donnarumma penaltilar seriyasi boshlanishidan oldin bir lahzaga kiyim almashtirish xonasiga yugurdi. Bunga sabab nima? Uning o‘zi bu haqda quyidagicha hazillashdi:
"Penaltidan oldin kiyim almashtirish xonasiga nega yugurdim? Chekish uchun! (kuladi). Yo‘q, aslida darvozabonlar murabbiyi bilan oldindan bir narsa tayyorlagan edik."
Aslida bu yo‘l harakati uning jismoniy va ruhiy holatini tayyorlash, raqib futbolchilarni his-tuyg‘ular ila to‘ldirish uchun amalga oshirilgani ehtimoldan holi emas.
Hal qiluvchi qahramon va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi
Janluiji Donnarumma nafaqat yuqori saviyadagi seyvlari bilan, balki penaltilar seriyasidagi bebaho hissasi bilan ham PSJni keyingi bosqichga olib chiqdi. Shubhasiz, u jamoasi uchun hal qiluvchi o‘yinchi bo‘ldi va bu e’tirofsiz qolmadi – italiyalik posbon rasman uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi!
Endi parijliklar chorak finalda “Aston Villa” yoki “Bryugge” klublaridan birini kutishmoqda. Bir narsa aniq – bugun Donnarumma nafaqat o‘z darvozasini, balki muxlislar ishonchini ham qo‘riqladi!
PSJ muxlislari, bugungi qahramoningiz Donnarumma haqida qanday fikrdasiz? U jamoani Chempionlar Ligasi g‘olibligiga olib chiqa oladimi? “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar