15:42 / 13.03.2025
146

Anchelotti "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida nimalar dedi?

Anchelotti "Atletiko"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida nimalar dedi?
Karlo Anchelotti boshqaruvidagi "Real Madrid" kecha, "Atletiko Madrid"ga qarshi qiyin kechishgan o‘yinda g‘alaba qozonib, UYEFA Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldi.

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko Madrid"ga qarshi bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. U o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida raqibga qarshi o‘yinning turli jihatlarini talqin qildi.

Anchelotti avval "Atletiko"ning juda mustahkam himoyasini ta’rifladi va o‘yinning birinchi daqiqasidagi gol o‘tkazib yuborish ular uchun qiyinchilik tug‘dirganini aytdi.

Italiyalik mutaxassis Alvaresning penaltisi, o‘yin, ilk daqiqalardagi gol va penaltining kimlar ijro etishi haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi.

— Alvaresning penaltisi?
"Ha, bu juda g‘alati edi. U ikki marta to‘pga tegdi: avval o‘ng oyog‘i bilan, keyin chap oyog‘i bilan”.

- O‘yin tahlili?
“Bu qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordik va o‘yin dinamikasi o‘zgardi. Raqib yaxshi himoyalandi va tezkor qarshi hujumlar uyushtirdi. Bizda kam imkoniyatlar bo‘ldi va penaltini o‘tkazib yubordik. "Atletiko"ga qarshi o‘yinda aniq vaziyatlar yaratish juda qiyin - ular yaxshi himoyalanishadi va barcha imkoniyatlarni yo‘q qilishadi".

- Birinchi daqiqadagi golmi?
“O‘yinni nazorat qila olmaymiz, deb qo‘rqardim. Tezkor hujumlarni amalga oshirish uchun muvozanatni saqlash muhim edi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘z maydonimizda ishonchli o‘ynadik va o‘zingiz ko‘rganingizdek, bu penaltiga olib keldi”.

“Bizda beshinchi penaltini tepish borasida shubha bor edi. Biz Endrik buni amalga oshirishini xohladik. Ammo bu haqda unga aytganimda, uning yuzida alohida quvonch sezmadim. Shuning uchun ham o‘ziga ishongan va xotirjamroq ko‘rinadigan Ryudigerni tanladik” - dedi "qirollik klubi" bosh murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" "matraschilar" ustidan erishilgan g‘alaba orqali UYEFA Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi. Ular bu bosqichda Londonning "Arsenal" klubi bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport