
13 mart oqshomida Yevropa ligasi 1/4 finalining barcha ishtirokchilari nomlari ma’lum bo‘ldi.
«Roma» «Atletik»ka yutqazib (3:1), musobaqani tark etdi. Rimning boshqa bir jamoasi — «Latsio» «Viktoriya Plzen»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi (2:1, 1:1). «Ayntraxt» «Ayaks»ni ikkinchi o‘yinda ham yengdi (4:1). «Olimpiakos»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Budyo-Glimt» turnirdagi yurishini davom ettiradi (2:1, 0:3).
«Lion» «Styaua»ni 4:0 hisobida, «Manchester Yunayted» «Real Sosiyedad»ni 4:1 hisobida yengdi. «Tottenhem» «AZ Alkmar» ustidan zafar qozondi (2:1). «Reynjers» birinchi o‘yinda «Fenerbaxche»dan 3:1 hisobida ustun kelgan, javob o‘yinida 0:2 hisobida yengilgan bo‘lsa-da, penaltilar seriyasida omadi chopib keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Tottenhem» — «Ayntraxt»;
«Budyo-Glimt» — «Latsio»;
«Reynjers» — «Atletik»;
«Lion» — «Manchester Yunayted».
Bu bosqich o‘yinlari 10 va 17 aprel kunlari o‘tkaziladi.
O'zbekiston yangiliklari Yevropa LigasiChorak FinalTottenhem AyntraxtLion Manchester YunaytedReynjers AtletikBudyo Glimt Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar