Levandovski "Barselona" tarixidagi Messidan keyingi eng samarali futbolchiga aylandi

Levandovski "Barselona" tarixidagi Messidan keyingi eng samarali futbolchiga aylandi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski mavsumdagi 35-golini urdi va klub tarixida bu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi. 36 yoshli polyak futbolchi La Liganing "Atletiko"ga qarshi o‘yinida (4:2) jamoasi uchun birinchi golni 72-daqiqada kiritdi. Bu uning joriy mavsumdagi 40-o‘yindagi 35-goliga aylandi.

"Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, Levandovski "Barselona"da 35+ gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi. Bungacha bu rekord Lionel Messiga tegishli bo‘lib, u 2020/21 yilgi mavsumda 38 ta gol urgan edi.

Levandovski 2023 yilda "Bavariya"dan "Barselona"ga o‘tgan edi.

Manba: euro-football.ru
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar