175
Timur Kapadze: "Aliqulov - biz uchun katta yo‘qotish. Qirg‘izistonga qarshi bahs oson bo‘lmaydi"

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Qirg‘iziston va Eronga qarshi bo‘ladigan JCH-2026 saralash bahslari haqida fikr bildirdi.
"Hozircha hamma yig‘inga kelib ulgurgani yo‘q, ertaga kechasi to‘liq tarkibda mashg‘ulot o‘tkazamiz. Husniddin Aliqulovdan tashqari hamma sog‘. Aliqulov - biz uchun katta yo‘qotish.
Eronni hammamiz yaxshi taniymiz, o‘rganib chiqamiz, vaqtimiz bo‘ladi va kerakli ma’lumotlarni to‘playmiz. Qirg‘izistonga qarshi bahs oson bo‘lmaydi. Ularni o‘z maqsadi bor, bizni o‘z maqsadimiz. Bu siklda hech qaysi o‘yin oson o‘tmaydi. Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z maydonimizda bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak" - dedi Timur Kapadze.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov "Rizespor" klubi safida Turkiya chempionati doirasidagi uchrashuvda yuzidan jarohat olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar