12:15 / 22.03.2025
198

Jeyk Pol Benavides bilan jang qilishdan qo‘rqadimi?

Jeyk Pol Benavides bilan jang qilishdan qo‘rqadimi?
Mashhur bloger va bokschi Jeyk Pol o‘zining intervyularidan birida amerikalik bokschi Devid Benavides haqida fikr bildirdi.

"Men Saul Alvares va shu kabi ko‘plab yigitlarni mag‘lub eta olaman, biroq Benavidesni emas. Agar u bilan to‘qnash kelsam, Devid meni "yanchib tashlashi" aniq. U butunlay boshqa darajadagi bokschi", – deb Jeyk Polning so‘zlarini keltirmoqda "AllowFighting".

Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol o‘zining so‘nggi jangini 58 yoshli afsonaviy Mayk Tayson bilan o‘tkazgan va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport