18:28 / 22.03.2025
5 730

Frank Riberi: "Oltin to‘p"ga men loyiq edim, Messi yoki Ronaldu mendan yaxshiroq emas edilar

Frank Riberi: "Oltin to‘p"ga men loyiq edim, Messi yoki Ronaldu mendan yaxshiroq emas edilar
Fransiya terma jamoasi va "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Frank Riberi 2013 yilda "Oltin to‘p"ni yutishga loyiq bo‘lganini aytdi.

"Men mukammal mavsum o‘tkazdim, bundan ham yaxshiroq o‘ynash imkonsiz edi. O‘sha "Oltin to‘p" natijasi adolatsiz bo‘ldi. Messi va Ronaldu ham men ular bilan bir darajada o‘ynaganimni bilishardi. Ularga hurmatim baland, lekin o‘sha yili ular mendan yaxshiroq emas edilar," – deya Riberining so‘zlarini keltirdi L'Équipe nashri.

Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p" uchun yakuniy ovoz berishda Riberi uchinchi o‘rinni egallagan edi. Ikkinchi o‘rin Lionel Messi, mukofot sohibi esa, Krishtianu Ronaldu bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport