Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yoshligida yoqimsiz laqabga ega bo‘lgan. U bilan 8 yoshida «Andorinya» klubida jamoadosh bo‘lgan Rikardu Santush uning bolaligini esga oldi.
«Krishtianuni yaxshi eslayman, u juda kamtar bola edi. To‘pni oldirib qo‘yishi bilanoq ko‘zidan yosh chiqib ketardi. Jamoadoshlari to‘p uchun kurashayotgan paytda maydonda yig‘lab turardi.
Biroq Ronaldu o‘sha paytda ham yaxshi futbolchi edi. Boshqalarga qaraganda tezkor o‘ynab, driblinglar qilib, ko‘plab gol urardi.
Krishtianu g‘alaba qozonishni yoqtirardi. Agar yutqazsa, yig‘lashni boshlardi. Shu daraja ko‘p yig‘lardiki, hatto «Yig‘loqi» degan laqabni orttirib olgandi», deya Santushning so‘zlarini keltirgan Goal. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi