
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov penalti bilan bog‘liq tinimsiz tanqidlar fonida o‘z munosabatini bildirishga qaror qildi.
Terma jamoa sardori JCH saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi bilan o‘yinda penaltini golga aylantira olmagani uchun ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab tanqidlarga uchradi. Yakunda tajribali hujumchi "Penalti tepishni o‘rgan" deyilgan izohlarga quyidagicha javob berdi:
"Xo‘p o‘rganaman, bugundan".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Tehronga yetib bordi. Milliy jamoa 25 mart kuni JCH-2026 3-saralash bosqichi 8-turi doirasida forslarga qarshi o‘ta muhim bahsda maydonga tugadi. Uchrashuv 21:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar