
Jahon chempionati saralash guruh bosqichining 8-turidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda O‘zbekiston terma jamoasi Tehronda Eron bilan bahs olib borib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada "Inter" hujumchisi Taremi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan bir daqiqa o‘tib yosh yulduzimiz Abbosbek Fayzullev yana terma jamoamizni oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada esa Mehdi Taremi dubl qayd etib, hisobni yana tenglashtirdi.
Ushbu muvaffqiyat orqali forslar Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
JCH-2026 3-saralash bosqichi, 8-tur
Eron - O‘zbekiston 2:2
Gol: Xojimat Erkinov (Farruh Sayfiyev) 16, 0:1, Mehdi Taremi 51, 1:1, Abbos Fayzullayev 55, 1:2, Mehdi Taremi 82, 2:2
Quyida Sofascore portali tomonidan futbolchilarimiz va Eron futbolchilariga o‘yin uchun qo‘yilgan ballarni ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekiston TermaTehron O‘yiniFutbol JahonXojimat ErkinovMehdi TaremiAbbos Fayzullayev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar