00:57 / 27.03.2025
53 803

Qozog‘iston bosh murabbiyi O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni tan olgisi kelmadi

Qozog‘iston bosh murabbiyi O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni tan olgisi kelmadi
JCH saralashi doirasidagi Lixtenshteynga qarshi (2:0) uchrashuvdan so‘ng Qozog‘iston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Ali Aliyev O‘zbekiston haqida fikr bildirdi.

- O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqishga yaqin turibdi, biz esa dastlabki 40 daqiqada biror marta raqib darvozasiga zarba berolmadik. Qachon mintaqadagi qo‘shnilarimiz kabi o‘ynay boshlaymiz?

- Avvalo, bugun Qirg‘iz Respublikasi va O‘zbekiston 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynaganini ta’kidlayman. Bu birinchisi. Ikkinchidan, agar Osiyoda o‘ynasak, Jahon chempionatida ishtirok etamiz. Hech kim Osiyo futbolini bo‘rttirib ko‘rsatmasin. O‘zbekiston terma jamoasining yaponlar va koreyslar bilan bir guruhda bo‘lganini hech qachon ko‘rmaganman.

Biz boshqa narsalar haqida gapiryapmiz. Uels va Makedoniya o‘yinini ko‘rdingiz. Makedoniya bu yerga kelib uchta gol urdi, biz esa ikkita, lekin yosh o‘yinchilarni maydonga tushirdik. Ular hali tajribasiz... Bugun g‘alaba qozonganimizdan xursand bo‘lishimiz kerak, axir qancha o‘yinlarda g‘olib bo‘la olmadik. Biz tahlil qilib, barcha ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Qirg‘iz Respublikasining Qatarga qarshi o‘yinini kuzatdim. Qatar piyoda yurib, hech narsa qilishni xohlamadi... Biz esa bugun shod bo‘lishimiz lozim. Dastan Satpayevni maydonga tushirdik, Galimjan Kenjebek va Naurizbek Jagorovga imkoniyat berdik. Bizga ijrochilar zarur. Bizga vaqt kerak. Agar 0:0 qayd etganimizda, Aliyevni yangi maydonda jazolardingiz. Ammo biz 2:0 hisobida yutdik. Keyingi o‘yingacha – ikki oy davomida faxrlanishimiz mumkin.

Manba: vesti.kz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport