19:01 / 15.11.2016
7 072

JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi

JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi "World Cup" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilgan mezbonlar irodali g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida Marat Bikmaev Koreya darvozaboni juda qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, 30 metrlardan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi va O‘zbekiston terma jamosini oldinga olib chiqdi – 0:1.

Ikkinchi bo‘lim murabbiylar jangi bo‘ldi va unda mezbonlar ustozi Uli Shtilike g‘alaba qozondi. Aynan u amalga oshirgan o‘zgarishlar foyda keltirdi.

67-daqiqada maydon egalarining chap qanotdan uyushtirishgan hujumini Nam Tay Hi gol bilan yakunlandi – 1:1.

86-daqiqada Ku Ja Chol Lobanov darvozasiga ikkinchi to‘pni yo‘lladi va Samvel Babayan jamoasi durangdan ham quruq qoldi.

Bu Samvel Babayan boshchilik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3-saralash bosqichidagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Avvalroq jamoa o‘z maydonida Erondan 0:1 hisobida yengilgandi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichining 1-davrasini Eron va Janubiy Koreyadan keyin 3-o‘rinda yakunladi.
[media=https://youtu.be/ZNropnH0pAQ]
JCh-2018 saralashi, Osiyo qit’asi
Janubiy Koreya - O‘zbekiston — 2:1
Gollar: Nam Tay Xe (67), Ku Ja Chol (86) - Bikmaev (25)
Janubiy Koreya: Kim Syon Gyu, Kim Ki Xi, Park Jo Xo, Song Nyon Min, Nam Tay Xe, Ji Dong Von, Ku Ja Chol, Ki Syon Yong, Li Jyon Xyop, Jang Xyu Su, Kim Chang Su
O‘zbekiston: Aleksandrya Lobanov - Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Egor Krimes, Davron Hoshimov - Marat Bikmaev, Odil Ahmedov, Vadim Afonin, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov - Igor Sergeev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi