
Futbol bo‘yicha Birlashgan Arab Amirligi terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Bento o‘z lavozimidan ozod qilindi. Taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida ushbu holatga to‘xtalar ekan, ushbu holatni amirliklar jamoasi rahbariyati Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmadan umid uzganliklari bilan izohladi.
- "Menimcha, BAA terma jamoasi Mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishdan umidini uzdi. Sababi ular pley-off bosqichiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Amirliklar rahbariyati ushbu mutaxassis bilan Jahon chempionatiga chiqa olmasligini sezishdi hamda portugaliyalik murabbiyga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Oldinda 2 ta muhim bahs bor — O‘zbekiston va Qirg‘iziston. Har ikki uchrashuv ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Qatarni mag‘lub etgan qo‘shnilarimiz ham pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Agar Birlashgan Arab Amirligi qolgan 2 bahsda kerakli natijani qo‘lga kirita olmasa, qolgan 2,5 ta yo‘llanma uchun kurash olib borishni maqsad qilgan", deydi Mirzahakim To‘xtamirzayev.
Ma’lumot uchun, AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan musobaqa uchun Osiyo qit’asiga 8,5 ta o‘rin ajratilgan. 3 ta guruhdagi 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olsa, guruhlardagi 3—4-o‘rindagi jamoalar pley-offlar orqali qolgan 2,5 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar