
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Luis Kachorri o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi, biz ham yaxshi o‘ynadik. Men gol urdim, menda hammasi joyida. Qisqa qilib aytganda, o‘ynadik, imkoniyatlar yaratdik, gollar urdik, bundan xursandman.
Men o‘z kuchimga ishonaman va shunga yarasha harakat qilaman. Olisdan zarbalar yo‘llash borasida bu safargi urinishlarim yaxshi chiqdi. Yana shunday tarzda chiroyli gollar urishga umid qilaman, chunki jarima maydonidan tashqarisidan gol urish ta’riflab bo‘lmas darajada his-tuyg‘u bag‘ishlaydi.
Penalti tepish bo‘yicha qarorga kelsak, murabbiy Imedani tanladi va men bu qarorni hurmat qilaman. Ehtimol, keyingi safar bu mas’uliyatli vazifani yana menga ishonishar. Penalti tepadigan futbolchini murabbiy belgilaydi va biz uning qaroriga hurmat bilan yondashamiz.
Mavsum davomida imkon qadar ko‘proq gol urmoqchiman. Keyingi o‘yindan boshlab yana gol urmoqchiman. To‘xtashni xohlamayman", dedi uchrashuvda dubl qayd etgan hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, "Bunyodkor"ning italiyalik hujumchisi uch o‘yinda 4 ta gol urgan holda to‘purarlar jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar