02:44 / 30.03.2025
2 713

Roma safarda Lechcheni 1:0 hisobida mag‘lub etdi

Roma safarda Lechcheni 1:0 hisobida mag‘lub etdi
A Seriyaning 30-turi doirasida “Roma” safarda “Lechche” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yin “Stadio Via del Mare”da bo‘lib o‘tdi.

Yagona gol 80-daqiqada Artem Dovbyk tomonidan urildi. U rimliklarga qiyin o‘yinda g‘alaba keltirdi.

Statistikada “Roma” to‘pga egalik qilish (55%), zarbalar (16), pas aniqligi (82%) bo‘yicha ustunlik qildi. Lecce esa 17 ta zarba bersa-da, darvoza to‘риsiga yo‘l topa olmadi.

Roma ochkolarini 52 taga yetkazib 6-o‘ringa ko‘tarildi. Lechche esa 17-o‘rinda qolgani holda quyi ligaga tushib ketish xavfida qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport