20:12 / 31.03.2025
7 359

“Manchester Citi” Angliya kubogida tarixiy rekord o‘rnatdi

“Manchester Citi” Angliya kubogida tarixiy rekord o‘rnatdi
Angliya kubogi chorak final doirasida “Manchester Citi” jamoasi mehmonda “Bornmut”ga qarshi bahs olib bordi va muhim g‘alabaga erishdi.

Gvardiola shogirdlari mazkur uchrashuvda qiyinchilik bilan bo‘lsa ham 2:1 hisobida zafar quchdi. “Shaharliklar”ning birinchi golini hujumchi Erling Holand urgan bo‘lsa, ikkinchi golni Umar Marmush kiritdi.

Bu bellashuvda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, tanaffusda Niko O'Rayliga joyini bo‘shatib berdi. Niko ikkinchi bo‘limda “Manchester Citi”ning ikkala goliga ham assistentlik qildi va jamoasining yarim finalga chiqishida muhim rol o‘ynadi.

Mazkur g‘alaba bilan “Manchester Citi” ketma-ket yettinchi marta Angliya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqaning 154 yillik tarixida hali hech qaysi jamoa bunday natijaga erishmagan. Squawka statistik markazining xabariga ko‘ra, bu natija musobaqa tarixidagi yangi rekord sifatida qayd etildi.

Gvardiola jamoasi 26-27 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan yarim finalda “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi yarim finalda esa “Aston Villa” hamda “Kristal Pelas” jamoalari final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

“Manchester Citi”ning ketma-ket muvaffaqiyatlari Gvardiola boshchiligidagi jamoaning Angliya kubogidagi ustunligini yana bir bor namoyish etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport