date 14:06 / 06.04.2025
views 390

Angliya futboli: «Everton» top-raqiblar kushandasiga aylanmoqda (video)

Angliya futboli: «Everton» top-raqiblar kushandasiga aylanmoqda (video)
Shanba oqshomida Angliya futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat bilan ushbu maqola orqali tanishib olishingiz mumkin.

«Everton» – «Arsenal» 1:1
Gollar
: Ndiay 49 pen – Trossar 34
«Everton» – Pikford, Patterson (Yang, 75), Iroegbunam (Garner, 65), Brentueyt, Tarkovski, O'Brayen, Guye, Ndiay (Alkaras, 75), Dukure, Harrison, Betu.
«Arsenal» – Rayya, Saliba, Uayt (Timber, 62), Kivyor, Lyuis-Skelli (Tirni, 75), Rays, Trossar, Merino, Jorjinio (Edegor, 71), Nvaneri (Saka, 46), Sterling (Martinelli, 46).
Ogohlantirishlar: O'Brayen (18), Tarkovski (63) Alkaras (87) – Jorjinio (48).

Trossarning birinchi bo‘limdagi goli yetarli bo‘lmadi va «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi. Ushbu belgiyalik yana bir yakkama-yakka vaziyatdan foydalanganida o‘yin masalasi hal bo‘lgan bo‘lardi, ammo ikkinchi bo‘lim boshida bosh hakam Darren Ingland mehmonlar darvozasiga shubhali penalti belgiladi va Ndiay hisobni tenglashtirdi. Holbuki bu vaziyatda jarima maydoniga kirish vaqtidagi to‘p uchun kurashda Harrison aktyorlik mahoratini ishga solgandi. VAR esa vaziyatga aralashmadi.

Ikkinchi bo‘lim davomida «Everton»ni baribir taslim qilish mumkin edi, ammo Edegor, Gabriel Martinelli va Rays o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi.

Lekin bu amalda londonliklar uchun hech narsani anglatmaydi. «Liverpul» faqat chempionatdan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketsagina ushbu jamoaga yetib olish mumkin. O‘yin arafasida oradagi farq 12 ochkoni tashkil etayotgandi va Arteta birinchi navbatda hafta o‘rtasida YECHLda «Real»ga qarshi kechadigan o‘yinni o‘yladi va yetakchilarni zaxirada qoldirdi. «Everton» esa o‘z maydonida qatorasiga yettinchi bor «katta oltilik» jamoalariga yutqazmayapti (+1=6). Ikki turdan keyin esa «Gudison Park»da YECHL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Manchester Siti» mehmon bo‘ladi.

«Aston Villa» – «Nottinghem Forest» 2:1
Gollar
: Rodjers 13, Malen 15 – Silva 58
«Aston Villa» — Martines, Garsiya (Konsa, 46), Disasi, Mingz, Matsen, Onana (Kamara, 62), Tilemans, Malen (Remzi, 62), Asensio (Makginn, 73), Rodjers, Votkins (Rashford, 62).
«Nottinghem Forest» — Zels, Uilyams, Murillo, Milenkovich, Morato (Boli, 75), Yeyts, Anderson, Dominges (Sosa, 74), Gibbs-Uayt, Elanga (Silva, 46), Hadson-Odoi.

Vaqtincha «Nyukasl»ni quvib o‘tgan va ochkolar bo‘yicha «Manchester Siti»ga tenglashib olgan «Aston Villa»ga Rodjers va Malenning birinchi bo‘limdagi gollari yetarli bo‘ldi. Ayni vaqtda APLda faqat birmingemliklar safida yil boshidan buyon barcha turnirlar doirasida golli harakatlarini o‘ntadan oshirgan ikki futbolchi bor: Uotkins va Rodjersda 12 tadan, Asensioda to‘qqizta. Ularning gol yoki paslari — «Villa»ning yetti uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyasini ta’minladi. «PSJ»ga qarshi o‘yinga Unai Emeri jamoasi yuqori formada yetib kelmoqda. Qolaversa, ispaniyalik mutaxassis ushbu klub boshqaruvida ikkinchi marta uy uchrashuvlarida o‘n besh o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda.

Angliya Premer-ligasi 31-tur o‘yinlaridan keyingi musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishga keldi:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport