
Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 31-turida Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"si Ruben Amorimning "Manchester Yunayted"i bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuvdan avval bir necha mashhur saytlar taxminiy tarkiblarni e’lon qilishdi.
"Sports Mole" talqiniga ko‘ra, bugun bahs uchun tarkiblar:
"Manchester Yunayted": Onana, Mazraoui, Maguayr, Yoro, Dalot, Ugarte, Bruno Fernandesh, Dorgu, Mount, Garnacho; Xoylund.
"Manchester Siti": Ederson, Nunes, Diash, Gvardiol, O‘'Rayli, Gyundogan, Gonzalez, Savino, Grilish, Doku, Marmush.
Bundan tashqari, "90min" va "Squashka" nashrlari ham o‘z versiyasini bildirganda hamyurtimiz Abduqodir Husanov taxminiy tarkibdan joy olmagan edi. Biroq, "Sportsgambier" sayti esa Husanovni asosiy tarkibda maydonga tushishini bashorat qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi Manchester derbisi Toshkent vaqti bilan 20:30 da start olishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar