
O‘zbekiston U-17 jamoasi bu turda xitoylik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo‘lim davomida Jang Chengrui jarima maydonidagi palapartishlikdan foydalanib hisobni ochdi, bo‘lim oxirida esa Sadriddin Hasanov hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda tashabbusga egalik qilgan o‘zbekistonliklar o‘yin oxirida g‘alaba golini urib ketishdi - 2:1.
Xitoy – O‘zbekiston 1:2
Gollar: 1:0 – 33, Chjan Chenjuy (Vey Syansin), 1:1 – 45+1, Hasanov (Fazliddinov), 1:2 – 86, Aliyev (Abdumo‘minov).
Xitoy: 13.Ixesan Yilamu, 4.Loxman Elnazar, 5.Sun Tyanyuy, 7.Bunyamin Abdusalom (17 Vey Szitszyan, 46 (Yan Syandun, 86)) , 8.Lyu Szyale, 9.Vey Syansin, 10.Habibulla Nurxoji (18.Li Syan, 63), 11.Van I, 12.Van Gengruy, 21.Chjan Chenjuy, 23.Lyu Binlin (6.Li Shuaysi, 89).
O‘zbekiston: 21.Rustamjonov, 3.Hakimov, 4.Bahodirxonov (s), 6.Abdukarimov, 7.Hasanov (17.Rustamov, 56), 9.Sarsenbayev (20.Aliyev, 56), 11.Sodiqov (16.Abdumo‘minov, 65), 13.Fazliddinov (10.Habibullayev, 46), 15.Musaxonov, 18.Shukurullayev, 19.Erimbetov.
Zaxira: 1.Shokirov, 12.Izboskanov, 23.Mahmudjonov, 14.Saidmurodov, 8.Muhammadov, 2.Botiraliyev, 22.Abdullayev, 5.Murodov.
Ogohlantirishlar: Lyu Binlin (42), Li Syan (73), Van I (90+6), Shukurullayev (90+7).
Endilikda jamoa ochkolari sonini 6 taga yetkazib, guruh jadvalidagi peshqadamlikni mustahkamladi.
Guruhning keyinroq yakunlanadigan ikkinchi o‘yinida Saudiya Tailandga yutqazmasa, O‘zbekiston shu yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini rasmiylashtiradi.
Shundan keyin 9 aprel kuni 3-tur doirasda O‘zbekiston va Saudiya o‘rtasidagi uchrashuv quruq rasmiyatchilikka aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar