
Kecha Rimda voqea bo‘ldi. 6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi "Stadio Olimpiko"da Italiya chempionati 31-turidan o‘rin olgan markaziy to‘qnashuvda "Roma" — "Yuventus" jangini ko‘rdik. Bu faqat 1:1 hisobida tugagan o‘yin emas. Bu rimliklar uchun tarixga yo‘l ochgan natija bo‘ldi.
Eldor Shomurodovning safidagi "Roma" endi ketma-ket 15 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti. Bu, ajablanarlisi, oxirgi 9 yil ichidagi eng yaxshi seriyalardan biri! Raneri shogirdlari bu davrda 11 g‘alaba qozonishdi va 4 marta durang qayd etishdi.
Shu tariqa rimliklar so‘nggi marta 2016 yilda qayd etilgan mag‘lubiyatsiz seriyaga yana yaqinlashib borishyapti. O‘shanda "Roma" 17 o‘yingacha mag‘lub bo‘lmagandi. Hozir esa bu ko‘rsatkichga yetib borish uchun atigi 2 qadam qoldi. Va kim biladi, ehtimol, yangi rekord ham kutib turgandir?
Hozircha "Roma" 31 turdan so‘ng 53 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash qizg‘in pallaga kirib bormoqda va Shomurodov bunday o‘yinlarda o‘z jamoasi uchun qanchalik muhim ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
Rimda umidlar tiklangan. Sevgi, ishonch va jamoaga bo‘lgan sadoqat yana o‘z mevasini bermoqda. Endi barchasi oldinda — "Roma" qanchalik uzoqqa borishi, balki yangi tarix yaratishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar