
UEFA Chempionlar ligasi chorak final bosqichining birinchi o‘yini «Barselona» va «Borussiya Dortmund» jamoalari o‘rtasida o‘tayapti. Birinchi bo‘lim natijasiga ko‘ra, Barselona 1:0 hisobida oldinda. 25-daqiqada Rafinya tomonidan kiritilgan yagona gol hisobni ochdi.
Statistikaga qaraganda, Barselona to‘pga 68% egalik qilgan, 11 bor darvozaga zarba bergan va 6 ta aniq zarba yo‘llagan. Ular 322 ta pas bajargan bo‘lib, pas aniqligi 89% ni tashkil qilgan. 2 ta faul qayd etilgan, kartochka olinmagan.
Borussiya esa 5 marta zarba yo‘llagan, shundan 2 tasi darvoza tomon bo‘lgan. To‘p nazorati 32% bo‘lib, jami 148 ta pas bajargan. 6 ta faul ishlatgan va 1 ta sariq kartochka olgan.
Uchrashuv “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!