date
views 21 156

Bunday rekord Messining ham, Ronalduning ham qo‘lidan kelmagan!

Bunday rekord Messining ham, Ronalduning ham qo‘lidan kelmagan!
Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalida “Barselona” o‘z uyida “Borussiya Dortmund”ni yirik — 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Lekin bahsdagi eng katta xabar natija emas, Robert Levandovskining ta’rixiy rekordi bo‘ldi!

Levandovski: “bunday dubl faqat menda!”
36 yoshli Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski sobiq klubi — “Borussiya” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va o‘yin qahramoniga aylandi. Ushbu dubl orqali u Chempionlar ligasi tarixiga yangi sahifa qo‘shdi.

Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, Levandovski — Chempionlar ligasida uchta turli jamoa safida bitta mavsumda 10 tadan ortiq gol urgan yagona futbolchi!

- “Borussiya Dortmund”
- “Bavariya Myunxen”
- “Barselona”

Ushbu jamoalarda u alohida mavsumlarda 10+ gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bunday natija — na Messining, na Ronalduning qo‘lidan kelmagan!

To‘purarlar reytingining uchinchi pog‘onasida
Dortmundga urilgan 2 ta gol Levandovskiga Chempionlar ligasi tarixidagi 3-o‘rinni mustahkamlash imkonini berdi:

🥇 Krishtianu Ronaldu — 140 ta gol
🥈 Lionel Messi — 129 ta gol
🥉 Robert Levandovski — 107 ta gol

Uning ortida hech kim unchalik yaqinlasha olmayapti. Polshalik forvard esa bu mavsumda ham to‘purarlik poygasida jiddiy harakat qilmoqda.

Levandovski nafaqat “Borussiya”ni yengdi, balki tarixni ham qayta yozdi. Messivu Ronaldu kabi yulduzlar ham qila olmagan ishni uddaladi. Agar u shunday tempda davom etsa, rekordlar hali to‘xtamaydi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport