
Madridning mashhur “Real” klubida yozgi transfer oynasida katta o‘zgarish sodir bo‘lishi mumkin. Jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan xayrlashish va uning o‘rniga yangi qon olib kelish rejalashtirilmoqda. Hozircha eng asosiy nomzod sifatida — Germaniyada jon kuydirib ishlayotgan Xabi Alonso ko‘rilmoqda.
43 yoshli mutaxassis o‘z shartlarini qo‘ydi
Mashhur Defensa Central nashri yozishicha, Alonso “Real” rahbariyatidan aniq talab qilgan: uning kelajagi may oyida hal qilinishi kerak! Agar shu vaqtgacha hech qanday kelishuv bo‘lmasa, u “Bayer” bilan keyingi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuboradi.
Boshqacha aytganda, “Real” Xabi Alonsoni xohlasa, unga yetarlicha ishonch va aniq qaror taqdim etishi shart. Aks holda “Bayer” bosh murabbiyini saqlab qolish imkoniga ega bo‘ladi.
Ikki murabbiy — ikki bitim — bir muddat
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xabi Alonsoning Leverkuzen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Qizig‘i shundaki, Anchelottining ham “Real” bilan tuzgan shartnomasi aynan shu vaqtgacha kuchda bo‘ladi.
Bunday vaziyatda “Real” rahbariyati oldida murakkab tanlov turibdi: tajribali Anchelottini qoldirishmi yoki yosh, ambitsioz va jamoa ruhini yaxshi tanigan Xabi Alonsoni olib kelishmi?
Qaror kimnigadir kelajak, kimnigadir xayrlashuv...
Xulosa qilish uchun ko‘p vaqt qolmagan. May oyigacha madridliklar aniq reja bilan chiqishlari shart. Aks holda nafaqat Xabi Alonso, balki uning ortidan “Real”ning yana bir imkoniyati ham ketib qolishi mumkin... “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!