
Futbol olamida baʼzan bir qarashda ahamiyatsizdek tuyulgan qarorlar keyinchalik millionab pullar va afsuslarga sabab bo‘lishi mumkin. “Manchester Siti” aynan shunday vaziyatga duch kelgan ko‘rinadi.
Gvardiola qayta olishni xohlayotgan futbolchi kim?
2023 yilda “Siti” safida jiddiy mavqega ega bo‘lmagan yosh hujumkor futbolchi Morgan Rojers atigi 1 million yevroga Chempionship klubi — “Midlsbro”ga sotilgandi. Oradan yarim yil o‘tib, “Aston Villa” uni 9 million yevro evaziga sotib oldi va shundan beri futbolchi haqiqiy porlashni boshladi.
Rojers “Villa”da nima ko‘rsatdi?
Joriy mavsum Morgan barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urishga va 11 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Universal hujumkor sifatida qanotlarda ham, markazda ham o‘ynay olishi, yuqori dribling va jamoaviy o‘yinga tez moslasha olishi Gvardiolaning diqqatini tortmay qolmadi.
1 millionga ketgan futbolchi uchun 50 million?
Endi esa “Manchester Siti” o‘z qo‘li bilan qo‘yib yuborgan futbolchisini ortga qaytarish uchun kamida 50 million yevro to‘lashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu transfer bozorida kamyob uchraydigan holatlardan biri — klub o‘z “xatosi” uchun yuz barobar qimmat to‘lashga majbur bo‘lishi mumkin.
Muxlislar nima demoqda?
Ayrimlar buni “Siti” akademiyasining katta xato qilishi sifatida baholamoqda, baʼzilar esa Gvardiolaning kuzatuvchanligi va keyingi mavsumda Rojersni yangi “asosiy kuch” sifatida ko‘rish niyatini olqishlamoqda.
Nima deysiz, “shaharliklar” 1 millionga ketgan talantini 50 millionga qaytarishga arziydimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!