Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Argentina futbol federasiyasining milliy terma jamoa qo‘riqlash xizmati xodimlari oldidagi qarzini to‘lab berdi. Hozirda federasiya duch kelgan moliyaviy muammolar sababli qo‘riqchilar 6 oy davomida maosh olmay kelganlar va shu sababli shaxsan Messiga murojaat qilishga qaror qilishgan, deb xabar bermoqda Tribuna.Uz sayti.
Jurnalist Xuan Palo Varskining aytishicha, hujumchi Braziliyaga qarshi uchrashuv o‘tkazilishini Belu-Orizontida kutayotganda uning yoniga qo‘riqlash xizmatidan bir necha kishi kelib, "Leo sen bilan gaplashib olishimiz kerak. Bizga 5-6 oydan beri maosh berishmayapti. Sen jamoa sardorisan va shuning uchun sendan yordam berishingni so‘raymiz", deb aytishgan.
Shundan keyin Messi otasiga qo‘ng‘iroq qilib vaziyatni tushuntirgan. Shundan keyin futbolchining otasi bu muammoni hal qilish uchun futbolchining shaxsiy mablag‘laridan pul o‘tkazib bergan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi