date
views 396

Chempionlar Ligasi yarim final taqvimi e’lon qilindi

Chempionlar Ligasi yarim final taqvimi e’lon qilindi
UEFAning rasmiy saytida Chempionlar Ligasi yarim final o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi, deb euro-football.ru xabar berdi. "Quloqli kubok" uchun kurashni to‘rt jamoa davom ettirmoqda. Qizig‘i, ular to‘rtta turli davlat – Angliya, Frantsiya, Ispaniya va Italiyani ifodalaydi. 1/2 final bahslari quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi:

• 29-aprel, seshanba — “Arsenal” – “PSJ
• 30-aprel, chorshanba — “Barselona” – “Inter”
• 6-may, seshanba — “Inter” – “Barselona”
• 7-may, chorshanba — “PSJ” – “Arsenal”

Barcha o‘yinlar Moskva vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Qo‘shimcha qilamiz, o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan “Real” bu safar chorak finalda musobaqani tark etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi yarim final taqvimi e’lon qilindi