De Bryuyne "Manchester Siti"da qolib, shartnomasini uzaytirishga tayyor edi

De Bryuyne "Manchester Siti"da qolib, shartnomasini uzaytirishga tayyor edi
Qisqacha

Kevin De Bryuyne «Manchester Siti» bilan shartnomasini bir xil shartlarda uzaytirishga tayyor edi, biroq tomonlar kelishuvga erisha olmadi. 33 yoshli futbolchi MLSga o'tishga qiziqish bildirmoqda, uning agenti esa Saudiya Arabistonining yetakchi klublari vakillari bilan muzokaralar olib borgan. De Bryuyne 4 aprel kuni mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etishini ma'lum qilgan, Xosep Gvardiola esa bu qarorni klub qabul qilganini aytgan.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne yoshi katta bo‘lishiga qaramay, o‘zining yuqori saviyada o‘ynash qobiliyatiga ishonadi va klub bilan shartnomasini bir xil shartlarda uzaytirishga qarshi emas edi, biroq kelishuvga erishilmadi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchi MLSga o‘tishga qiziqish bildirmoqda, uning agenti Saudiya Arabistonining yetakchi klublari vakillari bilan ham muzokaralar olib borgan.

Avvalroq, 4 aprel kuni 33 yoshli futbolchi mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etishini malum qilgandi. Keyinroq jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola xayrlashish qarorini klub qabul qilganiga oydinlik kiritdi.

De Bryuyne joriy mavsumda barcha turnirlarda “Siti”da 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar