date
views 1 168

Luis Enrike: «PSJ Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaydi»

Luis Enrike: «PSJ Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaydi»
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi yarim finalidagi raqibi – «Arsenal» haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Qizig‘i, PSJ ketma-ket uch bosqichda Angliya klublari bilan to‘qnash kelmoqda.

«Bu holatning alohida ustunlik yoki kamchiligi yo‘q. Albatta, ingliz klublarining o‘ziga xos uslubi bor. Bungacha «Liverpul», «Arsenal» va «Aston Villa» kabi kuchli jamoalarga qarshi o‘ynadik. Endi esa yana «Arsenal» bilan o‘ynaymiz.

Biz «Arsenal»ning shu paytgacha kimlarni musobaqadan chiqarib yuborganini yaxshi bilamiz. Ayni vaqtda turnirning eng kuchli to‘rt jamoasidan biri bo‘lib turibmiz va endi Yevropaning eng kuchli klublaridan biriga qarshi maydonga tushamiz.

Bu jamoa Mikel Arteta boshchiligida tez va barqaror o‘sib bormoqda. Hozirda ularning o‘yini juda yuqori sifatga ega», – dedi Luis Enrike.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: «PSJ Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaydi»