date
views 6 525

Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrini uchun nimalar qilgani haqida gapirdi

Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrini uchun nimalar qilgani haqida gapirdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrini borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Sovrinni yutish uchun bu mavsumda barcha ishni amalga oshirdim. Chempionlar ligasida g‘alaba qozondim. Portugaliya terma jamoasi bilan Evroda zafar quchdim. Ovoz berish menga bog‘liq emas. Ammo men bu mavzuga yopishib olmoqchi emasman.

Agar «Oltin to‘p»ni olishni istarmidingiz, deb so‘rasangiz, aytishim mumkin — ha, xohlayman. Bu yil men uchun sovrinlar bilan ajoyib o‘tdi. Joriy yil shubhasiz faoliyatimdagi eng yaxshisi bo‘ldi», – deya fikrlari bilan o‘rtoqlashgan Ronaldu.

Manba: tribuna.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrini uchun nimalar qilgani haqida gapirdi