date
views 39

O‘zbekistonlik sportchilar para tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo kubogida muvaffaqiyat qozondi

O‘zbekistonlik sportchilar para tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo kubogida muvaffaqiyat qozondi
Yaponiyada davom etayotgan para tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo kubogida O‘zbekiston sportchilari munosib natijalar qayd etdi. Xususan, 140 va 250 metr masofalarda o‘tkazilgan slalom va gigant slalom bahslarida hamyurtlarimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

140 metr masofaga o‘tkazilgan slalom bellashuvida Asel Turdimuratova (LW6/8-2 klass) ajoyib mahoratini namoyish qilib, kumush medalni o‘z hisobiga yozdirdi. Shu masofada yana bir vakilamiz Yulduz Mahmudova (LW2 klass) bronza medalini qo‘lga kiritishga erishdi.

250 metr masofadagi gigant slalom bahslarida Asel Turdimuratova (LW6/8-2 klass) yana bir bor muvaffaqiyat qozonib, bronza medalini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu masofada erkaklar o‘rtasida ishtirok etgan Firdavs Hidoyatov (LW4 klass) ham bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, mazkur Osiyo kubogi 2026 yili Italiyada o‘tkaziladigan qishki Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya olish uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik sportchilar para tog‘ chang‘isi bo‘yicha Osiyo kubogida muvaffaqiyat qozondi