date
views 3 494

Superliga. 6-tur o‘yinlaridan so‘ng musobaqa jadvali qanday ko‘rinishda?

Superliga. 6-tur o‘yinlaridan so‘ng musobaqa jadvali qanday ko‘rinishda?
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuv 19 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki uchrashuv Qarshida o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyatining ikki jamoasi – G‘uzorning “Sho‘rtan” hamda Muborakning “Mash’al” klublari maydonga tushdi.

Uchrashuv taqdirini birgina gol hal etdi. 77-daqiqada Sardor Abduraimov muborakliklarga g‘alaba keltiruvchi to‘pni kiritdi. 90+3-daqiqada esa g‘uzorliklar a’zosi Murodxo‘ja Jabborov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

“Sho‘rtan” — “Mash’al” 0:1
Gol
: 0:1 — 77, Sardor Abduraimov.

Kunning ikkinchi bahsi esa Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Buxoroning “Buxoro” klubi Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi.
O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi. 53-daqiqada Igor Golban hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada Stefan Cholovich penaltidan gol urdi. Oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas Murodbek Rahmatov hisobni yiriklashtirdi. 90+6-daqiqada Sardor Qulmatov gol urib, hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirdi.

“Buxoro” — “Nasaf” 1:3
Gollar
: 0:1 — 53, Igor Golban, 0:2 — 84, Stefan Cholovich, 0:3 — 88, Murodbek Rahmatov, 1:3 — 90+6, Sardor Qulmatov.

Kunning so‘nggi bahsi Farg‘onada bo‘lib o‘tdi. Unda “Neftchi” o‘zining azaliy raqibi Toshkentning “Paxtakor”ini qabul qildi. “Sherlar” masalani birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal etdi. Umar Adhamzodadan dubl, Brayan Riaskos hamda Igor Sergeyevdan bittadan gol, yakuniy natija – 0:4.

“Neftchi” — “Paxtakor” 0:4
Gollar
: 0:1 — 23, Umar Adhamzoda, 0:2 — 43, Brayan Riaskos, 0:3 — 45+1, Igor Sergeyev, 0:4 — 45+6, Umar Adhamzoda.

Bugungi bellashuvlardan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. 6-tur o‘yinlaridan so‘ng musobaqa jadvali qanday ko‘rinishda?