date
views 5 149

Osiyo chempionatida O‘zbekiston yengil atletlaridan rekord natija

Osiyo chempionatida O‘zbekiston yengil atletlaridan rekord natija
O‘zbekiston yosh yengil atletikachilari Osiyo chempionatida tarixiy natijaga erishdi, deb xabar berdi Nova24.uz.

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunlab, umumjamoaviy hisobda ilk bor 2-o‘rinni egalladi.

Musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar quyidagi medallarni qo‘lga kiritdi:

• Oltin medal: Jahongir Jo‘raboyev — desetiboye (o‘n kurash);
• Kumush medal: Timur Nasimov — 3000 metr yugurish;
• Bronza medallar: Ruslan Sadullayev — nayza uloqtirish, Asilbek To‘xtamurodov — 3000 metr yugurish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Prezident Olimpiadasi” tashkil etilishi rejalashtirilgan. Turli sport turlari bo‘yicha g‘oliblarga avtomobil va uy kabi qimmatbaho sovg‘alar beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionatida O‘zbekiston yengil atletlaridan rekord natija