Shomurodov «Roma»ning yangi qahramoniga aylandi: muxlislar o‘zbek hujumchisini olqishlamoqda

2 daqiqa o'qish6.4K
Shomurodov «Roma»ning yangi qahramoniga aylandi: muxlislar o‘zbek hujumchisini olqishlamoqda
Taniqli va tajribali italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyerining «Roma» klubidagi faoliyatini qayta boshlashi o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodovning karyerasida butkul yangi sahifa ochdi.

Joze Mourino, Daniele de Rossi, Ivan Yurich kabi avvalgi murabbiylar davrida deyarli imkoniyat berilmagan va o‘z iqtidorini namoyish etish uchun qiyinchiliklarga duch kelgan Eldor, ayni damda jamoaning asosiy figurasiga aylandi. Joriy mavsumning hal qiluvchi pallasida Ranyeri o‘zbek futbolchisiga katta ishonch bildirib, uning chinakam salohiyati ochilishiga imkon yaratdi.

A Seriyaning 33-turidan o‘rin olgan «Verona»ga qarshi uchrashuvda aynan Eldor Shomurodov tomonidan uchrashuvning 4-daqiqasida kiritilgan yagona gol rimliklarga juda muhim g‘alabani taqdim etdi. Ushbu g‘alaba bilan «Roma» Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Bu esa tabiiyki, klub muxlislarining ham diqqatini jalb etmoqda. «Roma»ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida muxlislar o‘zbek forvardining o‘yinini yorqin so‘zlar bilan alohida ta’riflashmoqda.

Galileo Chiominto: — Shomurodov uchrashuvni ajoyib boshladi. Shu tariqa davom etsa, biz "Rahmat, “Roma”" qo‘shig‘ini kuylashga tayyormiz!

Stefano Cardarella: — Shomurodov bugun barchani qutqardi. «Roma» unga va Ranyeriga haykal qo‘ysa ham arziydi. Manchini, Svilar, Sule, Chelik, Kristante ham yaxshi harakat qildi, boshqalar esa uyg‘onishi kerak.

David la Gamba: — Eldor qiyin vaziyatlarda ham gol urishni uddaladi. U hujumda faqat bir joyda turmay, maydon bo‘ylab keng harakatlanadi, zarur paytlarda himoyaga ham yordam beradi. Shu sababli ham Dovbikning o‘rni zaxira o‘rindig‘ida ekan.

Sergio Pistoia: — Eldor, mavsum oxirigacha aynan shu ruhda davom et!

Luke Hd: — Va nihoyat, bizga haqiqiy hujumchi kerak edi. Shomurodov buni uddaladi. Sule ham unga ajoyib yordam berdi.

Alessio Alessio: — Eldor haqida ko‘p gap-so‘z bo‘ldi, biroq u o‘z ishining ustasi ekanini yana bir marta isbotladi va o‘ziga xos uslubda gol kiritdi.

Riccardo Ferrazza: — Shomurodovning jamoada qolgani katta omad bo‘ldi. Murakkab vaziyatlarda jamoaga katta foyda keltirmoqda.

Zen Ilao Arenas: — Eldor, yana bir gol urib, bizga g‘alaba taqdim et.

Sitembiso Mngxozana – FinerThings: — Yigitlardan shubhalangan edim, biroq Shomurodov hammaga haqiqiy g‘alabani olib berdi.

Michela Annunziata: — Eldor ajoyib ish qildi, haqiqiy qahramon!

Giovanni Peloso: — «Roma»ning o‘yini juda yaxshi bo‘lmadi, himoya zaif edi, yarim himoya ham yaxshi emasdi. Hammani faqat Eldor Shomurodovning yagona goli qutqardi.

Haqiqatan ham Eldorning bugungi kunda «Roma»dagi roli tobora ortib bormoqda va bu o‘zbek futboli muxlislari uchun ham g‘ururlanishga sabab bo‘lmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?