date
views 286

“Manchester Siti” yozda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l uradi: Grilish jamoadan ketish niyatidan voz kechdi

“Manchester Siti” yozda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l uradi: Grilish jamoadan ketish niyatidan voz kechdi
Manchester Siti” rahbariyati kelgusi mavsum oldidan tarkibni sezilarli darajada yangilashni rejalashtirmoqda. Transferlar yangi yil boshida boshlab yuborilgan bo‘lsa-da, asosiy o‘zgarishlar yozgi transfer oynasi vaqtida ro‘y beradi.

Jamoaning yoshi kattaroq bo‘lgan futbolchilariga esa yangi ish joyini qidirish tavsiya qilinmoqda. Xususan, jamoaning tajribali himoyachisi Kayl Uoker yanvar oyidayoq jamoa bilan xayrlashdi. Klubning asosiy yulduzlaridan biri hisoblangan Kevin de Bryuyne esa iyun oyida “shaharliklar” tarkibidan ketishi aniq bo‘ldi.

Shuningdek, uzoq vaqt davomida tarkibdagi o‘rni so‘roq ostida bo‘lgan Jek Grilishning ham ketishi kutilayotgandi. Biroq ingliz yarim himoyachisi bu qaroridan voz kechishga qaror qildi. Bunga asosiy sabab sifatida futbolchining yuqori maoshi ko‘rsatilmoqda. Grilishga “Tottenxem” hamda uning sobiq klubi “Aston Villa” qiziqish bildirmoqda, lekin ular futbolchiga “Manchester Siti” to‘layotgan katta maoshni taklif qilolmaydi.

Aynan shu sababdan 29 yoshli hujumkor yarim himoyachi klub bilan tuzilgan shartnomasi oxirigacha “shaharliklar” safida qolishni niyat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Jek Grilishni 2021 yilning yozida “Aston Villa”dan rekord summasi – 117,5 million yevro evaziga transfer qilgandi. Ayni paytda Transfermarkt tomonidan 35 million yevroga baholanayotgan futbolchi klub bilan 2027 yil yozigacha shartnomaga ega.

Hozirgi o‘zgarishlar orqali klub yangi avlod futbolchilari bilan jamoani kuchaytirishni va yana bir bor sovrinlar uchun kurashga kirishishni maqsad qilgan. “Manchester Siti” rahbariyatining rejasi muxlislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” yozda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l uradi: Grilish jamoadan ketish niyatidan voz kechdi