
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy zafarda Asilbek Aliyevning hissasi katta bo‘ldi — u musobaqa davomida 5 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purari deb e’tirof etildi.
Chempionlikdan so‘ng hujumchi o‘z hissiyotlari, o‘yindagi rol va undagi mas’uliyat haqida ochiq gapirdi.
“Hissiyotlarimni ifoda qilish qiyin”
“Hissiyotlarimni so‘z bilan ifoda etish oson emas. Biz musobaqa boshidanoq faqat chempionlikni ko‘zlagan edik. Biror marta ortga qaytmadik, har bir o‘yinda faqat g‘alaba uchun kurashdik. Xudoga shukur, bu maqsadga yetishtdik,” — deydi Asilbek Aliyev.
U jamoaning birinchi va asosiy maqsadi — Jahon chempionatiga yo‘llanma olish ekanini ta’kidlar ekan, bu missiya ham muvaffaqiyatli uddalanganini quvonch bilan qayd etdi.
“8 kishi qoldik, orqaga qaytib yordam berishim kerak edi”
Chempionlik finalida jamoa ikki nafar futbolchisiz qolganida, Aliyev hujum chizig‘idan yarim himoyaga o‘tib, o‘ng qanotda orqaga qaytib harakat qilgan:
“Ikkinchi bo‘limda o‘ng qanot yarim himoyasiga tushdim. Maydonda 8 kishi qolgandik. Raqib hujumni kuchaytirgandi, men esa orqaga qaytib yordam berishim kerak edi.”
Bu jamoaviy kurash va har bir o‘yinchi tomonidan o‘zgaruvchan vazifalarga tayyor ekanligini ko‘rsatdi.
“G‘alabani ota-onam va murabbiylarimga bag‘ishlayman”
Musobaqadagi shaxsiy yutug‘ini esa Aliyev yaqin insonlariga bag‘ishladi:
“Bu zafarni ota-onamga, murabbiylarimga bag‘ishlayman. Ularga minnatdorman — menga ishonishdi, qo‘llab-quvvatlashdi.”
Siz nima deb o‘ylaysiz — Asilbek Aliyev Jahon chempionatida ham asosiy gol uluvchilardan biriga aylanishi mumkinmi?
Asilbek Aliyev O‘zbekiston U-17 Osiyo chempionati Eng yaxshi to‘purar Final Chempionlik Futbol Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar