date
views 32

“Arsenal” APLda so‘nggi 17 yildagi eng yomon natijani takrorladi

“Arsenal” APLda so‘nggi 17 yildagi eng yomon natijani takrorladi
Arsenal” o‘z maydonida “Kristal Pelas” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, yana bir bor ustunlikni saqlab qola olmadi. Bu mazkur mavsumdagi to‘qqizinchi shunday holat bo‘ldi — raqib hisobda ortda qolayotgan bo‘lsa-da, durangni ta’minladi. Bu esa so‘nggi 17 yilda APLdagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, 2007/08 yilda faqat “Tottenxem” shuncha marta oldinga o‘tib ham g‘alabani qo‘ldan boy bergan. Hech bir jamoa bu borada “Arsenal”dan ko‘proq holatga duch kelmagan. “Arsenal” hozirda 67 ochko bilan ikkinchi o‘rinda. “Liverpul” esa chempionlikni kafolatlash uchun atigi 1 ochko yutishi kerak, deb xabar beradi euro-football.ru.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal” APLda so‘nggi 17 yildagi eng yomon natijani takrorladi