
APLning navbatdagi turida bo‘lib o‘tgan "Arsenal" va "Kristal Pelas" uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi. O‘yindan so‘ng "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner BBC'ga bergan intervyusida jamoasi "Liverpul"ga emas, o‘ziga g‘alaba keltirish maqsadida harakat qilganini aytdi, deb xabar beradi euro-football.ru sayti.
"Bizning maqsad chempionlikka ta’sir qilish emasdi. Shunchaki o‘z o‘yinimizni o‘ynadik. Durang ham yomon emas – bu biz uchun oldinga siljishdir", – dedi Glasner.
Ushbu natijadan so‘ng "Liverpul"ga chempionlikni rasmiylashtirish uchun atigi bir ochko yetarli. "Arsenal" 12 ochkoga ortda qolmoqda, ularning 4 o‘yini, "Liverpul"ning esa 5 o‘yini bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar